

O'quv-kurslarda jami 17 nafar murabbiy ishtirok etib, yakunda barchasi AFC Futsal Coaching Level 2 licenziyasiga ega bo'ldi. Qirg'iziston Respublikasi futbol federatsiyasi (QRFF) bosh kotibi M.Siddiqov olib borilgan nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun Avaz Maksumovga minnatdorchilik bildirdi.
“Shu yilning 12–18 iyun kunlari Bishkek shahrida o'tkazilgan AFC Futsal Coaching Level 2 o'quv-kurslarini olib borgan OFK instruktori Avaz Maksumovga professionalligi va chuqur bilimi uchun Qirg'iziston Respublikasi futbol federatsiyasi, mamlakatimiz futbol jamoatchiligi va shaxsan o'z nomindan minnatdorchilik bildiraman. Kelgusida ham mamlakatlarimiz va futbol rivoji uchun hamkorlik qilishdan umidvormiz”, – deyiladi QRFF bosh kotibi xatida.




