Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinlarga chiptalar narxi qancha?

Tolibjon Qosimov
13 dek 2021, 17:21
Xabaringiz bor, 14-15 dekabr kunlari O'zbekiston futzal terma jamoasi Qozog'istonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Har ikki bahs ham Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasining Qozog'istonga ketgan tarkibi

Qozog'istonning O'zbekistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibi

Qozohiston futbol Federatsiyasi 29 noyabrdan ushbu o'yinlar uchun chiptalarning onlayn sotuvini yo'lga qo'ygan. Har ikkala o'yin ham Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.

Qozog'iston - O'zbekiston bahsiga kirish chipta narxi 25 ming so'mdan 50 ming so'mgacha (1000 tengedan 2000 tengegacha). 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga kirish bepul. Chiptalarni faqatgina zakazbiletov.kz sayti orqali onlayn sotib olish mumkin. Arena kassalarida chiptalar sotilmaydi.

Sanitar-epidemiologik normalar talablariga ko'ra, Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurash saroyiga umumiy sig'imning faqat 50 foiziga chipta sotishga ruxsat berilgan. Har bir o'yinga 1300 tadan chipta sotuvga chiqarilgan. Bu haqda Qozog'iston futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.


Arenaga kirishda va tribunalarda tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi har ikkala o'rtoqlik o'yini Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurash saroyi (Nur-Sulton)da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia