Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2019, 21:15
Xabaringiz bor, 2020 yil mart oyida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida dastlabki kelishuvga erishgandi.

"Qozog'iston futbol Federatsiyasi va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoalari o'rtasida keyingi yil mart oyida bo'lib o'tishi kutilayotgan o'rtoqlik uchrashuvi borasida kelisha olishmadi.

Bunga ikkala tomonning obektiv sabablari bordir. Ammo fakt faktligicha qoladi - muzokaralar ijobiy yakun topmadi. Qo'shni davlat muxlislari ajoyib bahsni ko'ra olishmaydi.

Endi QFF boshqa raqib izlamoqda. Maqsad - o'rtamiyona Yevropa terma jamoasi", - deb yozadi telegramdagi Kozhakhmet_inside kanali.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia