Qozog'iston. Salomov dublga erishdi, Geynrixdan golli pas

Narzulla Saydullayev
29 mar 2014, 22:09
Qozog'iston premer ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslarga qaratamiz.

Shavkat Salomov "Shaxtyor" safida to'liq o'ynadi va dublga erishdi. Jarohat olgan Kamoliddin Murzoev 20 kunga safdan chiqqani haqida xabar bergandik.

Taraz - Shaxtyor 1:5 (0:2)
Gollar:
Vichyus (Finonchenko) 15 (0:1), Konysbaev 42 (0:2), Salomov (Vasilevich) 55 (0:3), Salomov 67 (0:4), Finonchenko 70 (0:5), Rok 80 (1:5)


"Aktobe" tarkibida Geynrix bitta golli pas oshirdi va to'liq harakat qildi, Kapadze esa 63-daqiqada almashtirildi.

Aktobe - Spartak 3:0 (1:0)
Gollar
: Zenkovich (Geynrix) 17 (1:0), Shabalin 47 (2:0), Zenkovich (Korobkin) 58


Ulug'bek Baqoev "Irtish" tarkibida 90 daqiqa o'ynadi. "Atirau"ga "Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Milosh Trifunovich g'alaba keltirdi.

Irtish - Atirau 0:1 (0:1)
Gol:
Trifunovich, 9 (0:1).

3-tur
 29 mart (shanba)

 Aktobe - Spartak 3:0
 Irtish - Atirau 0:1
 Tobol - Jetisu 0:2
 Qayrat - Ordabasi 0:1
 Astana - Qaysar 1:0
 Taraz - Shaxter 1:5

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia