“Qozog'iston prezidenti kubogi”: O'zbekiston U-16 terma jamoasi Rossiya o'smirlaridan engildi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2017, 11:40
Qozog'istonning Talgar shahrida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida “Qozog'iston prezidenti kubogi” turniri start oldi.

Unda Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya, Gruziya va Albaniya o'smirlar terma jamoalari qatnashmoqda.

Dastlabki rejaga ko'ra, Turkmaniston U-16 termasi ham mazkur musobaqada ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Biroq ular turnirga kela olmadi va ularning o'rniga Qozog'iston-2 jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa kecha, 4 sentyabr kuni Rossiya o'smirlariga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun, 5 sentyabr sanasida O'zbekiston o'smirlar termasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi.

“Qozog'iston prezidenti kubogi”
Talgar, Qozog'iston

4 sentyabr, dushanba

Rossiya – O'zbekiston 2:0 (0:0)
Gollar
: Melekescev (51), Klimov (68)

Qozog'iston-2 – Tojikiston 0:5
Albaniya – Gruziya 5:0
Qozog'iston – Qirg'iziston 1:0


5 sentyabr, seshanba

Rossiya – Qozog'iston-2
Gruziya – Qirg'iziston
O'zbekiston – Tojikiston
Qozog'iston – Albaniya

7 sentyabr, payshanba

O'zbekiston – Qozog'iston-2
Qirg'iziston – Albaniya
Tojikiston – Rossiya
Qozog'iston – Gruziya

8 sentyabr, juma

7-o'rin uchun bahs
5-o'rin uchun bahs
3-o'rin uchun bahs
FINAL

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com