Qozog'iston futbol federatsiyasi Messini Astanaga olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2017, 18:14
Qozog'iston terma jamoasi Astanada Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi.

Qozog'istonga Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasining to'liq tarkibi kelishi kutilmoqda.

Qozog'iston futbol federatsiyasining matbuot-kotibi Erbol Kairovning so'zlariga ko'ra, Argentina terma jamoasi Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga qarshi emas. Messi va jamoa Rossiyaga qarshi bahsdan so'ng Astanaga kelishga tayyor.

"Argentina o'rtoqlik o'yiniga qarshi emas, ular 11 va 14 noyabr kunlari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishmoqchi. Hammasi mablag'ga bog'liq, bu qimmat turadigan uchrashuv. Argentina o'rniga zaxira variant bor, ammo bu haqida gapirishga erta. Har qanday holatda 14 noyabr kuni terma jamoa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Yaqin 10 kun ichida biz kelishib olishimiz kerak.

Agar pul topsak o'yin bo'lishi aniq. Muzokaralar o'tkazilyapti" - deydi Kairov.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi 11 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.kz