Qozog'iston chempionati. "Aktobe" "Ordabasi"ni engib, yetakchilikni qaytarib oldi, Umarovdan golli uzatma

Sherzod Nurmatov
21 avg 2022, 23:23
Qozog'iston chempionati 13-turi doirasidagi "Aktobe" – "Ordabasi" bahsi yakuniga etdi.

Mezbonlar safida Shina dublga erishgan bo'lsa, yana bir to'pni Videmon qo'shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasiga kiritdi. Shimkentliklar safidagi yagona golga Astanov mualliflik qildi. Himoyachi Odilbek Abdumajidov 90 daqiqa o'ynadi. Yarim himoyachi Shahboz Umarov ham bahsni to'liq o'tkazib, Astanovning golida assistent vazifasini bajardi hamda 35-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

Aktobe – Ordabasi 3:1

Ortalik Aktobe

Gollar: Shina 2, 27, Videmon 90+5 – Astanov 12'

Aktobe – Logvinenko (Kambolov, 33), Pokatilov, Erlanov, Ginaytis (Tanjarikov, 46), Kasim, Julpa (Adukor, 83), Baytana (Orazov, 69), Shomko, Videmon, Serderov (Balashov, 69), Rojerio Shina.

Ordabasi– Dinga, Tursinbay, Shayzada, Abdumajidov, Batishev, Fedin (Baxtiyarov, 64), Borodin (Braga, 79), Dobay (Nyuadzi, 46), Umarov, Astanov, Luis Enrike (Sadovskiy, 46).

Ogohlantirishlar: Ginaytis (32), Umarov (35), Erlanov (60).

Endilikda "Aktobe"ning ochkolari 32 taga etdi va musobaqa jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi, "Ordabasi" esa 26 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia