Qozog'iston. 29-tur. "Aktobe"da durang, "Shaxtyor"da mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 18:27
Qozog'iston Premer-Ligasida 29-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtlarimiz Kamoliddin Murzoev va Shavkat Salomov to'p tepayotgan "Shaxtyor" klubi o'z uyida peshqadam "Astana"ni qabul qilib 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bahsda Murzoev ham, Salomov ham to'liq o'ynadi.

21 ochkoga ega bo'lgan "Shaxtyor" ayni paytda musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.

SHAXTYOR - ASTANA - 0:2 (0:1)
Gollar:
Kurdov, 33 - penalti (0:1). Kurdov, 80 (0:2).

"Aktobe" esa safarda "Qaysar" bilan durang o'ynadi - 2:2. Mehmonlar safida Temur Kapadze 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Aktobe" 31 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.

QAYSAR - AKTOBE - 2:2 (1:2)
Gollar:
Antonov, 19 (0:1). Antonov, 40 (0:2). Zemlyanuxin, 45 - penalti (1:2). Furduy, 87 (2:2).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia