Qozog'iston. 20-tur. "Irtish"da g'alaba, "Jetisu" va "Aktobe"da durang

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2013, 04:14
Qozog'iston premer ligasida 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga e'tibor qaratamiz.
"Jetisu" o'z uyida "Taraz" bilan durang o'ynadi - 1:1. Maydon egalari safida Ruslan Melziddinov to'liq o'ynagan bo'lsa, Shavkat Salomov 64-daqiqaga qadar to'p tepdi. "Jetisu" ochkolarini 20taga etkazib oldi. Klub 9-o'rinda bormoqda. 

JETISU - TARAZ - 1:1 (0:0)
Gollar:
Vorotnikov, 61 (0:1). Tleshev, 90 (1:1).


"Irtish" esa o'z uyida "Tobol"ni mag'lub etdi - 1:0. Ulug'bek Baqoev sobiq klubiga qarshi 90 daqiqa harakat qilib sariq kartochka olgan bo'lsa, Kamoliddin Murzoev 75-daqiqada boshqa futbolchiga almashtirildi. "Irtish" 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.

IRTISH - TOBOL - 1:0 (0:0)
Gol:
Begalin, 78 (1:0).


"Aktobe" ham o'z maydonida "Qayrat" bilan "murosa ko'chasini" tanladi - 1:1. Uchrashuvda Temur Kapadze va Aleksandr Geynrix to'liq harakat qilishdi. Marat Bikmaev hamon jarohatini tuzatgani yo'q. "Aktobe" 44 ochko bilan hamon yakka peshqadam bo'lib turibdi.

AKTOBE - QAYRAT - 1:1 (0:0)
Gollar:
Xayrullin, 50 (1:0). Zemlyanuxin, 72 (1:1).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia