Qosimov faoliyatini Iroqda davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2025, 00:51
Baxtiyor Qosimov Iroq klubiga o'tdi.

So'nggi jamoasi "Qo'qon-1912" bo'lgan yarim himoyachi "Amant Bog'dod" klub bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Iroq klubi rasman e'lon qildi. Baxtiyor Qosimov yangi jamoasida 77 raqamda to'p tepadi.

Eslatib o'tamiz, Qosimov o'tgan mavsum "Qo'qon-1912" safida barcha turnirlarda 17ta bahsda maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia