Qo'qonda yoshlar o'rtasida musobaqa bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014, 16:17
Ertaga Qo'qon shahrida 1996-98 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Siz "Qo'qon-1912"da o'ynashni istaysizmi" deb nomlangan futbol musobaqasi boshlanadi.
Unda Qo'qon shahridagi va unga yaqin hududda joylashgan tumandagi bolalar va o'smirlar, shuningdek Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatidan ham bir qator jamoalar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, kelasi yil yoshlar ligasida ham ishtirok etadigan "Qo'qon-1912"ga iqtidorlilarni ko'zdan kechirishdir.

Shuning uchun musobaqani jamoa bosh murabbiyi Rustam Abdullaevning shaxsan o'zi kuzatib borishni maqsad qilgan. Bu haqda keyinroq yana ma'lumot beramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia