Qo'qonda futbol musobaqasi tashkil etiladi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014, 22:14
Yurtimizda bolalar sportiga bo'lgan e'tibor kundan-kunga oshib bormoqda.
Joylarda bu borada  katta ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Qo'qon shahrida tashkil etilmoqda. Shu yilning 13-14 iyun kunlari 2000-2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Qo'qon-1912" kubogi uchun futbol musobaqasi o'tkazilmoqda. O'yinlar davomida vodiyning uchala viloyatidan iqtidorli yosh futbolchilar qatnashishi ko'zda tutilgan. Turnir shaharning "Markaziy" o'yingohi va "Kimyogarlar" maydonlarida o'tkaziladi. Musobaqa avvalida qatnashchilar uchun koncert dasturi bo'lib o'tadi.

Barcha futbol ishqibozlarini Qo'qondagi futbol musobaqasiga chorlab qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia