

Yangi yilda mustahkam sog'lik, ishlaringizda unum va hayotingizda quvonchlar tilaymiz. Muqaddas Ona yurtimiz doimo tinch, osuda, xalqimiz dasturxoni farovon bo'lishi barchamizning oliy tilagimizdir!
Obod va tinch yurtga bayramlar yarashadi, deyishadi. Haq gap. O'zbekistonimizda har bir shodiyona ko'tarinki ruhda nishonlanadi. Qolaversa, yangi – 2017 yilga ham ana shunday ko'tarinki kayfiyat bilan peshvoz chiqishga to'la haqlimiz.
Sizlarga mustahkam sog'lik, shodu-hurramlik, baxt-saodat, quvonch, uzoq umr va ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Yangi yilingiz muborak bo'lsin!




