"Qo'qon-1912": Toshkentga boradigan muxlislar diqqatiga

Narzulla Saydullayev
11 okt 2017, 07:42
Oktyabr oyida "Qo'qon-1912" muhim uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Mana shunday muhim o'yinlarda muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlashi turgan gap.

14 oktyabr kuni "Qo'qon-1912" “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Toshkentda bo'lib o'tadigan o'yinni bevosita stadionda kuzatishni maqsad qilgan ishqibozlari uchun “Paxtakor” stadionining 22-sektori ajratilgan. Ushbu uchrashuvga tashrif buyurishni istagan futbol ixlosmadlari barcha masalalar bo'yicha “Qo'qon-1912” muxlislar klub yetakchilari Ilhomjon Qunduzov (+998905087799) hamda Orifjon Imomaliev (+998903092401)larga murojaat etishlari mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz