"Qo'qon-1912": Tayyorgarlik rejasiga o'zgartirish kiritildi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017, 10:33
“Qo'qon-1912” jamoasi Chirchiq shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom etdirmoqda.

Tayyorgarlik rejasiga bazi o'zgarishlar kiritildi. Jamoamizning o'rtoqlik uchrashuvlari soni oshdi. Ertaga 17-fevral kuni futbolchilarimiz Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga chiqadilar. Bu uchrashuv JAR stadionining mashg'ulotlar maydonida bo'lib o'tadi. O'yin soat 15-00da boshlanishi belgilangan.

Avvaldan reja qilingan “Sho'rtan”ga qarshi uchrashuv 18-fevral kuni, soat 15-00 da Sergeli dahasidagi suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi.

Shuningdek futbolchilarimiz 20-fevral kuni Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. So'nggi nazorat uchrashuvi esa avval xabar berganimizdek 23-fevral kuni Qozog'istonning “Ekibastuz” jamoasi bilan bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz