"Qo'qon-1912": So'nggi uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2017, 07:57
"Qo'qon-1912" a'zolari so'nggi tur o'yiniga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlar "Markaziy" o'yingohda o'tkazilmoqda.

Tarkibda yo'qotishlar ham yo'q emas, jarohat bois Akmal Xolmurodov va Jalil Kimsanov mashg'ulotlarda ishtirok etishmayapti. Jamoa sardori Nosir Otaqo'ziev umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi. Futbolchilar mavsumning oxirgi uchrashuvida muxlislarini xursand etishni maqsad qilishgan. Shu sababli mashg'ulotlarga zo'r berishdi.

Eslatib o'tamiz, Oliy liga 30-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Olmaliq” uchrashuvi 25 noyabr kuni Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz