"Qo'qon-1912": "Sho'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2016, 22:23
O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralash bosqichidagi o'yini sabab, oliy ligada qisqa tanaffus yuzaga kelgan.

Ushbu tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan jamoamiz  futbolchilari 8-noyabr kunidan boshlab, navbatdagi turda bo'ladigan “Sho'rtan” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Futbolchilarimiz Chirchiq shahrida o'quv mashg'ulotlarini olib borishmoqda. Mashg'ulotlarni No'mon Xasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kuniga ikki mahaldan o'tkazishmoqda. Chirchiqdagi yig'inda jarohati bois Otabek Haydarov va Otabek Zokirovlar ishtirok etishmayapti. Shuningdek Dostonbek Tursunov O'zbekiston U-22 terma jamoasi yig'iniga chaqirilgani bois jamoamiz ixtiyorida emas. Qolgan barcha futbolchilar sog'-salomat, ular mashg'ulotlarda foal ishtirok etishmoqda.

Futbolchilarimiz “Sho'rtan” bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar Chirchiq shahrida shug'ullanishadi.Jamoamizning  navbatdagi turdagi “Sho'rtan” jamoasiga qarshi o'yini, 18-noyabr kuni G'uzor shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz