"Qo'qon-1912": "Sho'rtan" bilan o'yin chiptalari sotuvda

Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 10:31
Xabaringiz bo'lsa kerak, 16 may kuni "Qo'qon-1912" jamoamiz o'z maydonida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasini qabul qiladi.

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan mazkur uchrashuvning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra shanba oqshomida bo'lib o'tadigan bahs soat 17:00da boshlanadi. 15 may kuni esa yoshlar jamoamizning uchrashuvi 16:30da boshlanadi.

Yana shuni ham ma'lum qilamizki, "Sho'rtan" bilan o'yinning chiptalari stadion kassalarida sotilmoqda. Uning narhi avvalgidek ikki xil bo'lib, 5000 va 10000 so'm qilib baholangan. Chipta olisha shoshiling va qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinga tashrif buyuring.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz