

Mazkur bahsda maydon egalari yetakchisi va sardori Murod Xolmuhammedov maydonga tusha olmaydi. Sababi u o'tgan turda "Metallurg" bilan o'yinda qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
Ma'lumot uchun, Xolmuhammedov bu mavsum Superligada hozirga qadar 7ta gol urib klub to'purari bo'lib turibdi. Bu jamoalar o'rtasida birinchi davrada Navoiyda o'tgan bahsda yagona golni aynan Murod Xolmuhammedov jarima to'pidan urgan edi.
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi soat 15:15da Qo'qondagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.




