

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Muzaffar Abdullaevga elitaning 2-3ta klublaridan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Ammo 25 yoshli posbon bir to'xtamga kelmagan. Ma'lumot uchun Abdullaev birinchi davrada chempionat doirasida 4ta o'yinni to'liq o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Muzaffar bungacha oliy ligada Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'ynagandi. Ko'ramiz, futbolchi qaysi klubga ko'chib o'tarkin.



