"Qo'qon-1912" penalti tepish bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 11:41
Kecha Superliganing 17-turida "Qo'qon-1912" va AGMK o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda mezbonlar ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Shu tariqa qo'qonliklar bu mavsumda 7 marta 11 metrli jarima to'pi tepishdi.

"Qo'qon-1912" O'zbekiston chempionatlarida bir mavsumda penalti tepish bo'yicha o'z rekordini yangiladi. Oldingi rekord 2016 yilda qayd etilgandi.

"Qo'qon-1912" O'zbekiston chempionatlarida tepgan penaltilari yillar bo'yicha:
2003 yil - 3ta
2015 yil - 2ta
2016 yil - 6ta
2017 yil - 4ta
2018 yil - 7ta

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia