"Qo'qon-1912": O'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016, 08:18
Ayni damda "Qo'qon-1912" a'zolari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Murabbiylar 2-davrada yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzish borasida tinmay izlanishda. Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazish rejalashtirilgan. Xususan, yig'in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvi 18 iyul kuni “Qizilqum” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Mazkur bahs Toshkentdagi “Jar” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Yozgi yig'indagi ikkinchi nazorat uchrashuvida birinchi liga vakili – “NBU-Osiyo” bizga raqib vazifasini o'tab beradi. Ushbu bellashuv 23 iyul kuni Chirchiq shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz