

Bugun yoshlar ligasi bahslariga start beriladi. Bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda Muhiddin Abduvaliev boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. Barcha muxlislarimizni stadionga chorlab qolamiz.
O'rinbosarlarimiz mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishdi. Bugun qo'qonlik taniqli mutaxassis Muhiddin Abduvaliev va uning shogirdlari uchun birinchi imtihon.



