

Lekin bosh murabbiy Rustam Abdullaev aytganidek xotirjam bo'lishga hali erta. Jamoamiz keyingi ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazishini hisobga olsak, ochkolar sonini oshirib olish uchun yaxshigina imkoniyat bor. Buni yaxshi anglagan murabbyilar shtabi va futbolchilar mashg'ulotga zo'r berishmoqda.
Kecha "Qo'qon-1912" jamoasi a'zolari Andijondagi g'alabadan ruhlangan xolda "Olmaliq" bilan uyinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Barchaning kayfiyati a'lo.
Ushbu uchrashuvda ham “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tilab qolamiz. Omad va g'alaba senga yor bo'lsin, “Qo'qon-1912”!



