“Qo'qon-1912” Navoiy shahriga yetib keldi

8 may 2015, 07:22
Xabaringiz bo'lsa kerak, oliy liganing 8-turida jamoamiz “Qizilqum” mehmoni bo'ladi.

Kecha tushlikdan so'ng Navoiy tomon yo'lga chiqqan “Qo'qon-1912” FK delegaciyasi Toshkent-Navoiy yo'nalishi bo'yicha bugun tong saharda manzilga yetib keldi.

Jamoamiz Navoiy shahridagi “Maksimum” mehmonxonasiga joylashdi. Hammaning kayfiyati yuqori.

Tarkibda yo'qotishlar bor. Ular kimlar ekanligini yaxshisi, o'yin davomidagi sharhda aytib o'tamiz (raqib jamoaga qo'l kelmasligi uchun).

Bugun yoshlarimiz “Qizilqum” yoshlariga qarshi bahs olib boradi. O'ylaymizki, Muhsin Nizomiddinov shogirdlari mag'lubiyatsiz odimini ushbu turda ham davom ettiradi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Oliy liga doirasidagi “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” bahsi esa ertaga 18:30da boshlanadi.


Manba: kokand1912.uz