"Qo'qon-1912": Navbatdagi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2017, 07:41
Avval xabar berib o'tganimizdek, kecha jamoa Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

Janubiy Koreya safaridan qaytgan bosh murabbiy No'mon Hasanov mashg'ulotlarni olib bormoqda. Shuningdek, barcha futbolchilar jamoa ixtiyoriga yetib kelishdi.

Futbolchilarimiz 20-tur doirasidagi “Dinamo”ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi 7 sentyabr kuni Samarqandda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz