"Qo'qon-1912": Namanganga boradigan muxlislar diqqatiga

Narzulla Saydullayev
19 okt 2015, 09:34
Ma'lumki, 21 oktyabr chorshanba kuni "Qo'qon-1912" oliy liga 26-tur doirasida Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'ladi.

O'ziga xos vodiy derbisi nomini olgan uchrashuvni bevosita stadionda ko'rishni istagan qo'qonlik muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Namanganga borib kelish uchun maxsus avtobus qo'yiladi.

Xohlovchilar 21 oktyabr kuni soat 10:00da Qo'qondagi “Markaziy” stadionga kelishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: 998 90 508 77 99

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz