"Qo'qon-1912": Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni istaganlar diqqatiga

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2017, 09:20
Ma'lumki, kuhna va navqiron Qo'qonda futbolga bo'lgan qiziqish juda yuqori.

Buni  “Qo'qon-1912”  jamoasi muxlislari misolida ham ko'rish mumkin. Tan olish lozim bugungi kunga kelib jamoamiz muxlislari mamlakatimizda yetakchilar qatorida tilga olinadi. Ko'plab futbol klublari bizning muxlislarimizga havas qilishadi.

Ayniqsa, “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi olib borilayotgan ishlar  maqtovga sazovor. Yangi mavsumda ham Ilhomjon Qunduzov boshchiligidagi muxlislar klubi jamoamizni qo'llab-quvvatlash borasida boshqalarga namuna bo'lishni maqsad qilishgan.

Aytgancha, muxlislar klubiga a'zolikka qabul qilish ishlari boshlab yuborildi. “Qo'qon-1912” futbol klubining muxlislar klubiga azi bo'lishni istaganlar, muxlislar klubi yetakchisi Ilhomjon Qunduzovga murojaat qilishlari mumkin. A'zo bo'lishni istagan muxlislar quyidagi xujjatlarni taqdim qilishlari  lozim bo'ladi:

1. PASPORT NUSXASI.

2. 3X4 HAJMDAGI 4 DONA RASM.

Murojaat uchun telefonlar: +998903092401, +998911557429 , +998905087799


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz