"Qo'qon-1912": Murod Holmuhammedovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
23 dek 2017, 14:21
Bugun "Qo'qon-1912"ning yetakchi futbolchilaridan biri Murod Holmuhammedovning tug'ilgan kuni.

O'zining yorqin o'yinlari, maydondagi shijoati bilan barcha muxlislar va jamoamiz a'zolari orasida yuksak hurmat qozongan futbolchimiz bugun 27 yoshga to'ldi.

Murod Holmuhammedov nafaqat jamoamizda , balki O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida ham o'zining yuksak mahoratga ega ekanligini bir necha marta isbotlay olgan.
 
“Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha aziz muxlislarimiz nomidan Murod Holmuhammedovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz ! Murodjonga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz ! Kelayotgan mavsumda ham biz Murod Holmuhammedovni Qo'qonlik muxlislarning yoqimtoy futbolchisi bo'lishiga ishonamiz .

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz