“Qo'qon-1912”: “Metallurg”ga qarshi o'yin uchun chiptalar sotuvda

Narzulla Saydullayev
15 sen 2016, 13:03
Jamoamiz oliy liganing navbatdagi turini o'z uyida Bekobod shahrining “Metallurg” klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan boshlab sotuvga chiqarildi.

Chiptalar “Markaziy” o'yingoh kassalarida , ikki xil toifada, 10 000 va 5 000 so'mdan sotilmoqda. Siz aziz muxlislarni muhim pallada jamoamizni qo'llab turishga chaqiramiz. Zero sizlarning bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlashingiz futbolchilarimizga qo'shimcha kuch-g'ayrat bag'ishlaydi.

Eslatib o'tamiz “Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi 17-sentyabr , shanba kuni soat 17-00 da boshlanadi. Ertaga 16-sentyabr kuni esa bu jamoalarning o'rinbosarlari uchrashadilar. O'rinbosarlar o'rtasidagi bahs soat 16-00 da boshlanadi.

Barchangizni “Markaziy” stadionda kutamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz