

Ayni damda 10 yanvar kuni jamoamizga raqib bo'ladigan jamoalar bilan muzokaralar davom etmoqda.
Qolgan raqiblar esa aniq. 14 yanvar kuni vakillarimiz Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi maydonga tushishadi. 18 yanvar kungi raqibimiz esa – “Buxoro”.
Nihoyat, Toshkentdagi yig'in yakunida, yani, 21 yanvar kuni Murodjon Ismoilov shogirdlari Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.



