"Qo'qon-1912": Mavsum 2017 yakunlari: Ogohlantirishlar haqida

Narzulla Saydullayev
13 dek 2017, 10:02
Ananamizga sodiq qolgan holda mavsum-2017 yakunlari xususida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun chempionat davomida hakamlar tomonidan ogohlantirish olgan futbolchilar haqida to'xtalib o'tamiz.


Jami kartochkalar

Yakuniga etgan mavsumda jamoamizning hech bir a'zosi bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangani yo'q. Bu esa maqtashga arzigulik natijalardan biridir. Lekin 30 ta o'yin davomida futbolchilarimiz jami 45 ta sariq kartochka olishdi.

Eng ko'p ogohlantirilganlar

Tabbiyki, muxlislarimizni eng ko'p sariq kartochkaga ega bo'lgan futbolchi kim ekanligi qiziqtirayotgan bo'lishi aniq. Mavsum-2017da jamoamiz yetakchisi Murod Xolmuhammedov hammadan ko'p ogohlantirilgan. Tajribali himoyachimizni hakamlar etti marta sariq kartochka bilan siylashgan.

Yana himoyachimiz Darko Gojkovich hisobida esa 6 ta sariq kartochka bor. Mudofaa chizig'ining yana bir vakili – Akmal Xolmurodovni esa hakamlar besh marta ogohlantirishgan.

Kimda nechta sariq kartochka bor:


Murod Xolmuhammedov – 7 ta

Darko Gojkovich – 6 ta

Akmal Xolmurodov – 5 ta

Andrey Sidorov – 4 ta

Filip Rayevac – 4 ta

Doniyor Hasanov* – 4 – (2) ta

Jamshid Hasanov – 2 ta

Suhrob Berdiev – 2 ta

Javohir Sidiqov – 2 ta

Bahodir Akramov – 2 ta

Aleksandr Merzlyakov – 2 ta

Nosir Otaqo'ziev – 1 ta

Aziz Ashurov – 1 ta

Jalil Kimsanov – 1 ta

Oybek Rustamov – 1 ta

Nikita Ribkin – 1 ta

Avaz Mamatxo'jaev – 1 ta

Ruslan Melziddinov – 1 ta

Jami: 45 ta

* Doniyor Hasanov ikkita sariq kartochkani “Obod” jamoasi tarkibida olgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz