

Jamoaning bu galgi yig'ini Toshkent shahrida 4-21 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Ertaga jamoa a'zolari “O'zbekiston” mehmonxonasiga to'planishadi. 5 yanvar kuni futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Keyin esa mashg'ulotlarga kirishiladi.
Murodjon Ismoilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ikkinchi yig'in davomida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirishmoqda.
Shuningdek, tarkibda ham o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bular haqida keyinroq saytimiz orqali batafsil ma'lumot beramiz.



