"Qo'qon-1912": Ikkinchi turga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2016, 08:30
Hash-pash deguncha 1-tur o'yinlari ham yakunina yetib qoldi. Bugun bo'lib o'tadigan “Paxtakor” – “Andijon” uchrashuvi bilan 1-turga yakun yasaladi.

Dastlabki tur bahslari muxlislarga bir-biridan qiziqarli bo'lgan o'yinlarni taqdim etdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Hozirgacha o'tkazilgan 7 ta uchrashuvning 6 tasida mezbonlar g'alaba qozonishdi. Ular orasida “Qo'qon-1912” jamoasining ham borligi kishini quvontiradi.

Kecha futbolchilarimiz o'yindan keyingi tiklanish jarayonida ishtirok etishdi. Bugundan 2-turga aniqrog'i, “Paxtakor”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi.

Bugungi mashg'ulot "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, bu yerda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarashli futbol maktabi faoliyat olib boradi. Mashg'ulot bilan birgalikda futbolchilarimiz yosh charm to'p ixlosmandariga master-klass o'tkazib berishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz