"Qo'qon-1912" himoyachisi Doston Tursunov terma jamoaga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2016, 09:39
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi iyul oyida yig'in o'tkazadi.

Ushbu yig'inga "Qo'qon-1912" himoyachisi Doston Tursunov ham taklif olgan. Eslatib o'tamiz, Tursunov o'tgan yil Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Yanvar oyida Qatarda o'tgan U23 Osiyo chempionatida ham qatnashib qaytgan.

Doston Tursunov birinchi davrada oliy ligada 14ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia