"Qo'qon-1912": Futbolchilar qisqa tatilda

Narzulla Saydullayev
23 may 2016, 07:21
“Navbahor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin futbolchilarga ikki kunlik dam berildi.

Seshanba kunidan Oliy liga 10-tur doirasidagi chempionat peshqadami – “Lokomotiv”ga karshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik boshlanadi.

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi 1/8 final doirasidagi “Buxoro” va “Paxtakor” uchrashuvidan keyin chorak finaldagi raqibimiz ma'lum bo'ldi. Ikkinchi bahsda ham kichik hisobda g'alaba qozongan buxoroliklar bilan 1/4 finalda maydonga tushamiz.

Aytgancha, bugun O'zbekiston Kubogining chorak finaliga yo'l olgan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi.

Unda qaysi klublar chorak finalni birinchi bo'lib o'z maydonida qabul qilish borasida qur'a tashlanadi. Qur'a tashlash marosimi 11:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz