Ma'lumki, FIFA kunlari munosabati bilan Oliy ligada kichik tanaffus yuzaga keldi.
Shu bois jamoamiz a'zolariga “Sho'rtan”ga qarshi kechgan o'yindan keyin kichik tatil berildi. Futbolchilarimiz 4 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shaharchasida to'planishib, “Paxtakor” bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishadi.