“Qo'qon-1912” darvozaboni jamoasini o'zgartiradi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 17:46
Transfer oynasining ayni qizg'in pallasiga yetib keldik.

Futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi rosa avj oldi. Unda qaysidir jamoaning bozori chaqqon bo'lsa, yana ayrimlari ichki imkoniyatdan kelib chiqib, ish tutishga majbur bo'lmoqda. 

“Qo'qon-1912”ni yetakchi o'yinchilari jamoa bilan xayrlashishga qaror qilmoqda. Xususan bir necha yillardan buyon jamoa darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlab kelayotgan Muzaffar Abdullaev yaqin orada jamoasini o'zgartirishi mumkin. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, tajribali posbonni o'z tarkibida ko'rishni istayotgan jamoalar bor. Futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda, shu kunlarda rahbariyat bilan uchrashib, “Qo'qon-1912”dagi taqdiri bo'yicha batafsil gaplashib olishini bildirdi. Vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmasa, 30 yoshli golkiper qadrdon jamoasi bilan xayrlashishini yashirmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia