"Qo'qon-1912": "Buxoro"ga qarshi o'yin chiptalari eski narxda sotiladi

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 12:06
Ertaga Qo'qondagi “Markaziy” stadionida oliy liganing navbatdagi 12-tur o'yini bo'lib o'tadi. Jamoamizning mehmoni Buxoro shahrining “Buxoro” klubi bo'ladi.

12-turning markaziy uchrashuvi bo'lishi kutilayotgan “Qo'qon-1912” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi o'yinga qiziqish yuqori bo'lmoqda. Ko'pchilik muxlislarning talab va istaklarini inobatga olib jamoamizning uy o'yinlariga chiqarilayotgan chiptalar narxi yana eski xoliga qaytarildi. Endi chiptalarni 2 xil narxda 5 000 va 10 000 so'mdan sotib olishingiz mumkin.

“Qo'qon-1912” – “Buxoro” o'yini chiptalari ertaga , yani  26 may kuni soat 14-00 dan boshlab “Markaziy”  stadion kassalarida sotiladi. Uchrashuv esa soat 18-00 da boshlanishi belgilab qo'yilgan.

Bugun bu jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari o'zaro bellashadilar. Bu uchrashuv soat 17-00 da boshlanadi.

Barchangizni “Markaziy” stadioniga taklif qilamiz !


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz