

O'zPFL oliy liga 15-turi doirasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuviga tayinlangan hakamlar guruhini e'lon qildi. Unga ko'ra, bahsni Zokir Qodirov boshchiligidagi navoiylik hakamlar boshqarib borishadi. Qayd etish kerakki, Qodirov faoliyati mobaynida bungacha “qaldirg'ochlar” ishtirokidagi 6ta o'yinda bosh hakamlik qilgan.
Oliy liga, 15-tur
1 iyul, chorshanba
Qo'qon. “Markaziy” stadion. Soat 18:00
“QO'QON-1912” – “BUNYODKOR”
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov (Navoiy), Olimboy Jumaev (Navoiy)
Zahira hakami: Dilshod Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov (Toshkent)



