

“Bunyodkor” bilan o'yin 19 noyabr kuniga ko'chirilgach, tayyorgarlik rejasiga ham o'zgaritirish kiritildi. Aslida jamoa a'zolari bugun 14 noyabr kuni yig'ilishlari lozim edi.
Futbolchilar kecha soat 15:00da”Markaziy” o'yingohda mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlarni Muhsin Nizomiddinov bilan birga Vadim Shodimatov va Aram Ananyanlar olib borishmoqda. Bugungi mashg'ulot soat 14:00da boshlanadi.
Jamoamizga so'nggi turda ham omad tilab qolamiz!



