"Qo'qon-1912": "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlik 14 noyabr kuni boshlanadi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2015, 08:27
FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatimizda kichik tatil vujudga keldi.

Oliy liga 30-tur bahslari 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Aynan shu kuni mamalakatimizda 2015 yilgi futbol mavsumi rasman yakuniga etadi.

Shu sababli “So'g'diyona”ga qarshi kechgan o'yindan so'ng, “Qo'qon-1912” jamoasi a'zolariga 9 kunlik tatil  berildi. Futbolchilar 14 noyabr kuni “Markaziy” o'yingohda yig'ilishadi va “Bunyodkor” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi tur uchrashuviga futbolchilarni bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida Muhsin Nizomiddinov tayyorlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz