Bosh murabbiy Tohir Kapadzening "SA"ga xabar berishicha jamoa bugun navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun Toshkentga jo'nab ketadi. Mazkur yig'in chog'ida asosiy e'tibor sinov-nazorat o'yinlarini o'tkazishga qaratiladi. Qaysidir manoda buni hal qiluvchi yig'in deyish mumkin. Chunki o'rtoqlik o'yinlaridan keyin murabbiylar shtabi chiziqlar bo'yicha kamchiliklar ustida o'zgarish qilishi ham mumkin. Sparring-raqib sifatida "Obod", "Oq-tepa", "NBU-Osiyo", "Sho'rtan" singari birinchi liganing yetakchi jamoalari tanlangan. Jamoa poytaxtda 18 mart kunga qadar bo'lishni rejalashtirgan.
Tarkibdagi o'zgarishlar to'xtaladigan bo'lsak, bugun boshlanadigan navbatdagi yig'inga Nodir Qo'ziboev kelishi kutilmoqda. Agarda futbolchi "Istiqlol" bilan ayrim masalalarda kelisha olsa, bu yilgi mavsumni "Qo'qon-1912"da o'tkazishi aniq. Shuningdek oxirgi yillarda "Andijon" uchun o'ynab kelayotgan Akmal Jo'raboevni ham murnabbiylar shtabi sinovdan o'tkazish niyatida. Jo'raboev bilan qo'qonliklar hujum chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirmoqchi.