

Birinchi uchrashuv Dang'ara tumanidagi o'yingohda soat 10:00da boshlanadi. Jamoamizning dastlabki raqibi – Farg'ona viloyati chempioni va kubogi sohibi – “FarDU-Futbol info” jamoasi bo'ladi. Mazkur uchrashuvda murabbiylar shtabi aralash tarkibdan foydalanishni rejalashtirishgan.
Asosiy tarkib vakillari esa Namanganda “Navbahor”ga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o'yinning boshlanish vaqti va joyi haqida keynroq ma'lumot beramiz.



