Qiziq fakt. Ro'ziqul Berdiev "Neftchi"ga mag'lub bo'lmay kelmoqda

13 okt 2015, 03:17
Ro'ziqul Berdiev o'zining murabbiylik faoliyatida hozircha Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga yutqazgani yo'q.


Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan jami olti marotaba kuch sinashdi. Shularning beshtasida "Nasaf" g'alaba qozongan bo'lsa, bitta o'yinda durang qayd etilgan.

Ikki mavsumdan buyon (2014, 2015) Ro'ziqul Berdiev jamoasi "Neftchi"ni ham safarda, ham uyda mag'lub etib kelmoqda. Berdiev "Nasaf"ga boshchilik qilayotgan keyingi bu jamoalarning o'zaro o'yinlaridagi to'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan: 8:2.

Eslatib o'tamiz, Ro'ziqul Berdiev 2013 yildan buyon "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

Shuningdek, Ro'ziqul Berdiev 2012 yilda ham jamoa ruliga o'tirgan edi. Biroq murabbiy Oliy liganing 9-turidan so'ng iste'foga chiqqani sababli, o'sha yildagi "Neftchi"ga qarshi bahslarda Usmon Toshev jamoani boshlab tushgandi. Berdievning iste'fosiga sabab sifatida o'sha mavsumdagi OCHLda qayd etilgan natija ko'rsatilgandi. Ro'ziqul Berdiev 2012 yilda oliy ligada birorta mag'lubiyatga uchramasdan iste'foga chiqarilganini ta'kidlab o'tish lozim.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia