"Qizilqum" sobiq legioneri "Mashal" yig'iniga kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2025, 08:35
Muborakning "Mashal" jamoasi o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.

Jamoaning Muborakda davom etayotgan yig'iniga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Ulardan biri o'zbekistonlik yarim himoyachi Davronbek Umirov bo'lsa, ikkinchisi nigeriyalik hujumchi  Paul Komolafedir. Umirov o'tgan mavsum Pro ligada "Do'stlik" safida to'p tepdi. Komolafe esa muxlislarga "Qizilqum"dagi o'yinlari bilan yaxshi tanish hisoblanadi. Futbolchi Navoiydan ketganidan so'ng "Arbrot" (Shotlandiya), "KF Erzini" (Albaniya), "CHTG Abaxani" (Bangladesh) chempionatlarida harakat qildi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia