"Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi matnli translyatsiya qilinadi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2014, 12:48
O'zbekiston XXIII milliy chempionati oliy ligasi 16-turidan joy olgan "Qizilqum" (Navoiy) - "Paxtakor" (Toshkent) uchrashuvi 15 avgust kuni soat 18.30 da boshlanadi.
O'yin Navoiy shahri "Umid" qo'rg'onidagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yinga qiziqish kattaligini inobatga olib, "Qizilqum" futbol klubi Matbuot xizmati uchrashuvni matnli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Muxlislar uchrashuv tafsilotlari bilan www.fcqizilqum.uz veb-saytining Interaktiv bo'limi orqali tanishishlari mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz