“Qizilqum” Oliy ligada 500-uchrashuvini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2017, 10:10
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan “Qizilqum”- “So'g'diyona” uchrashuvi Navoiy viloyati jamoasining Oliy ligadiga 500-uchrashuvi sifatida qayd etiladi.

“Oltin izlovchilar” Oliy ligada ilk uchrashuvni 2000 yil 18 mart kuni “Do'stlik” (Toshkent viloyati)ga qarshi o'tkazishgan. O'tkazilgan 499 ta uchrashuvning 188 tasida “Qizilqum” g'alabaga erishgan bo'lsa, 214 ta bahsda mag'lub bo'lgan. 97 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Quyda jamoamizning Oliy ligadiga yubiley uchrashuvlari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-o'yin.   18.03.2000.   “Do'stlik” – “Qizilqum” 2:0

100-o'yin.   17.11.2002.   “Qizilqum” – “Do'stlik” 1:0

200-o'yin.   28.06.2006.   “Qizilqum” – “Buxoro” 1:0

300-o'yin.  17.10.2009.   “Olmaliq”  - “Qizilqum” 2:0

400-o'yin.   14.09.2013.  “Paxtakor” – “Qizilqum” 1:0.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcqizilqum.uz