"Qizilqum" "Navbahor" bilan o'yindan oldin yetakchilarga dam berdi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2016, 14:58
Bugun oliy liganing 27-turida "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Qizilqum" safida bir qator yetakchilar maydonga tushishmaydi. Hamza Karimov, Sherali Jo'raev va Otabek Narzullaev kabi futbolchilarga dam berilgan. Ularning o'rnini yosh Nodirxon Kamolov, Orzu Razzoqov va Bekzod G'anijonov kabi yoshlar egallashlari kutilmoqda.

Uchrashuv soat 16:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia