“Qizilqum” muxlislarini stadionga chorlaydi!

Narzulla Saydullayev
17 noya 2017, 17:12
Oliy ligamiz karvoni ham manzilga yaqinlashib qoldi.

Joriy mavsum "Qizilqum" uchun oson kechayotgani yo'q. Shu bois so'nggi uchrashuvlarda “Qizilqum” uchun biz muxlislarning daldasi juda muhim. Jamoa ishqibozlari mavsum mobaynida imkon qadar uy va safar uchrashuvlarida futbolchilarni qo'llab-qo'vvatlab kelishdi.

Yakshanba kuni jamoa mavsumning eng muhim uchrashuvini o'tkazadi. Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bahsda g'alaba suv va havodek zarur. Shu sabab muxlislar ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan turib "Qizilqum"ga dalda bo'lish niyatida.

Keling, aziz muxlislar ushbu mavsumda Navoiydagi so'nggi bahsda yuksak  muxlislik  madaniyatini namoyish etib, chiroyli muxlislik qilib, jamoani bir tanu bir jon bo'lib qo'llab quvvatlaylik! Ishonamizki, futbolchilar ham mazkur muhim o'yinda, mazmunli o'yin ko'rsatib, yig'ilganlarni xushnud etishadi.

“Qizilqum” – “Metallurg” uchrashuvi 19 noyabr kuni, soat 14:00 da boshlanadi. Shu kuni stadionga kirish BEPUL. Barcha ishqibozlarni o'yingohga chorlaymiz!

Shahriddin Ishnazarov,
“Qizilqum” ishqibozlar klubi yetakchisi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia